Guruh bosqiçidagi qator nursiz öyinlar va ikki tomon uçun ham foydali duranglardan keyin haqiqiy Yevro — pley-off öyinlari boşlandi. Bu bosqiçning ilk öyinida Şveytsariya va Italiya hamda Germaniya va Daniya juftliklari turnirni kim davom ettirişini hal qilişdi. Ikki uçraşuv ham qiziqarli va hayajonli lahzalarga boy keçdi.

Italiyaning «sensatsion» çiqib ketişi

Şveytsariya — Italiya 2:0
Gollar: Froyler (37), Vargas (46).
Şveytsariya: Zommer, Rodriges, Şer, Akanji, Ebişer (Ştefan, 90+2), Jaka, Froyler, Vargas (Tsuber, 71), Rider (Stergiu, 71), Ndoyye (Siyerro, 77), Embolo (Dua, 77).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Mançini, Bastoni, Darmian (Kambiyazo, 75), Kristante (Pellegrini, 75), Barella (Retegi, 64), Fajioli (Frattezi, 86), Al-Şa’roviy (Zakkani, 46), Kiyeza, Skamakka.
Ogohlantirişlar: Barella (35), Al-Şa’roviy (45), Mançini (57).

Italyanlar Yevroga amaldagi çempionlar maqomida kelgan — ular titulni himoya qilişi talab etilardi. Boş murabbiy lavozimida Roberto Mançini örniga kelgan Luçano Spalletti bu maqsad yölida tarkibni jiddiy darajada özgartirdi. 2020 yilgi Yevropa çempionati ğolibi bölgan «eskilar»dan köpçiligi bu safargi turnirni uyda kuzatişdi. Ularning ayrimlari faoliyatini yakunlaşga ham ulgurgan.

Italiya turnirni yaxşi boşladi, ammo yakunda guruhdan katta qiyinçilik bilan çiqdi. Barçasini Xorvatiyaga qarşi keçgan uçinçi öyin hal qildi — unda «Skuadra adzurra» oxirgi soniyalarga qadar yutqazayotgandi. Faqat Dzakkanya hisobni tenglaştiruvçi golni urdi. Aks holda jamoa turnirni guruh bosqiçidayoq yakunlaşi mumkin edi.

Ammo Ispaniya va Italiyaga qarşi öyinlardan keyin Italiyaning bu safargi turnirda uzoqqa borişiga şubhalar paydo bölgandi. Luçano Spallettining sözlari esa jamoadagi holatni körsatib berdi. Xorvatiya bilan öyindan  boş murabbiy jurnalistlarni haqoratladi va öz jamoasi futbolçilarini ma’lumot sizdirişda aybladi. Italiyaliklar lageridagi muhit zaharli ekani ma’lum böldi.

Jamoaning 1/8 final yöllanmasi uçun raqibi şveysariyaliklar edi. Şveytsariya guruh bosqiçini juda yaxşi ötkazdi: Vengriyaga heç qanday imkoniyat qoldirmadi (3:1), Şotlandiya hamda Germaniya bilan oçkolarni bölişib oldi (1:1). Murat Yaqin şogirdlari pley-offga ikkinçi örin bilan çiqdi, lekin nemislarga qarşi öyinda sönggi daqiqalarda ğalabani qöldan boy bermaganida birinçi bölişi ham mumkin edi.