Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida yaşovçi ota 3 nafar farzandi uçun 100 million söm aliment tölab bergan. Bu haqda viloyat MIB boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Çiroqçi tuman sudining 2016 yil 25 oktyabrdagi qaroriga asosan, qarzdor Q.Ş.dan 2 nafar farzandining, Şahrisabz tumanlararo sudining 2019 yild 2 iyuldagi sud qaroriga asosan 1 nafar, jami 3 nafar farzandlarining moddiy ta'minoti uçun aliment undiriş belgilangan. Uning xorijga çiqişiga taqiq qöyilgan.

Mazkur qarorning ijro hujjati MIB Şahrisabz tumani tomonidan ijro işi yuritilgan. Qayd etilişiça, Q.Ş. şu paytgaça aliment pullarini tölab kelgan.

Joriy yilning 9 iyul kuni Q.Ş. aliment qarzdorligidan butunlay qutuliş, mamlakat hududidan çetga çiqiş huquqlarini tiklaş maqsadida, undiruvçi bilan kelişgan holda, 100 million söm aliment pullarini oldindan tölab bergan. Şundan söng, tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegişli tartibda tugatilgan.