«Çelsi» kutilmaganda super jamoa tuzişi mumkin. Yulduzlarning özi London klubiga intilmoqda
|00:08 / 14.07.202231 69712 min
Rahim Sterling sönggi qimmat transfer emas. Agar rejalar ideal darajada amalga oşsa, köklar tarkibi «Mançester Siti»nikidan qolişmaydigan böladi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
«Çelsi» Premer-Liganing ötgan mavsumini «Mançester Siti» va «Liverpul»dan mos ravişda 19 va 18 oçko ortda qolib, uçinçi örinda yakunladi. Minimal vazifa bajarilsa-da, yetakçilar bilan oraliq masofa juda katta bölib çiqdi.
«Köklar»ning yangi xöjayini Todd Bouli öz klubining çempionlik uçun kuraşişini istamoqda. Buning uçun mavsum oraliğida transferlarni töğri amalga oşiriş kerak böladi.
«Çelsi» tom ma’noda superjamoa tuza oladi deb işonişga asos bor. Yevropa futbol yulduzlarining ba’zilari London klubi tarkibiga ötişni istayapti. Agar rejalar ideal darajada amalga oşsa, köklar tarkibi «Mançester Siti»nikidan qolişmaydigan böladi.
Foto: Getty Images
Rahim Sterling birinçi katta xarid, ammo sönggisi emas
«Mançester Siti» vingeri Rahim Sterling «Çelsi»da tibbiy körikdan ötdi. Angliyalik futbolçi klub bilan 2027 yilning iyuniga qadar möljallangan şartnomani kelişib oldi. «Çelsi» futbolçi uçun 47,5 million funt plyus 2,5 million funt bonus tölaydi. Şu bilan birga, Sterling köklarning eng köp maoş oluvçi a’zosiga aylanadi va Premer-Ligada maoşlar böyiça yuqori uçtalikka kiradi. Angliyalik futbolçi haftasiga 300 ming funt sterlingdan köproq pul olişi kutilmoqda.
BBC xabariga köra, Rahim «köklar» boş murabbiyi Tomas Tuxelning ğoyalari va unga taklif qilingan roldan mamnun bölgan. «Şaharliklar» uning qolişini xohlagan edilar, biroq futbolçi jamoada asosiy rol öynaşni istadi va «Siti»ni tark etdi. Sterling «Oltin töp»ni olişni maqsad qilgani aytilmoqda.
«Oltin töp»ga da’vo hozirça amalga oşmasdek tuyulmoqda, ammo bu yilgi Karim Benzema misolida imkonsiz narsaning özi yöqligini köriş mumkin. Sterling endigina 27 yoşda. «Siti»ni tark etiş unga karerasini yangi bosqiçga olib çiqişga imkon beradi. Tuxel, albatta, unga Xosep Gvardioladan köra köproq işonç bildiradi. Har qanday holatda Sterlingning transferi «Çelsi» ulkan rejalarining bir qismi xolos.
Foto: Getty Images
«Çelsi» himoyasini sifatli kuçaytiradi
«Mançester Siti» himoyaçisi Natan Ake «Çelsi» bilan kelişuvga erişdi. Futbolçi 2017 yilda tark etgan jamoasiga qaytişga tayyor. «Siti» 40-45 million funt tovon puli talab qilmoqda, bu esa londonliklar uçun muammo bölmasligi kerak. The Times xabariga köra, klublar muzokaralarning ilğor bosqiçida, sönggi kunlarda bu jarayon tezlaşgan.
Mavzuga oid
Ake «Çelsi»ning yangilangan himoya çiziğidagi asosiy futbolçilardan biri böladi. Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger mos ravişda «Barselona» va «Real Madrid»ga ketişdi. Katta ehtimol bilan Sezar Aspilikuyeta va Markos Alonso ham yaqin orada «Barselona»ga ötişi mumkin.
Himoya - «Çelsi»ning eng oğriqli joyi. «Real» bilan Çempionlar ligasining çorakfinalida bolalarça xatolarga yöl qöyildi (ayniqsa, Londondagi 1:3 hisobida yakunlangan öyinda). Tuxel jamoasi futbol maydonida umumiy ustunlikka erişgan bölsa-da, xatolar tufayli keyingi bosqiçga çiqolmadi. APL doirasidagi «Arsenal» (2:4) bilan uy öyinini ham eslaş mumkin. «Siti» va «Liverpul» himoyada ança samaraliroq, «Çelsi» esa bu çiziqni qayta qurişi kerak. Buni klubdagilar tuşunib turişibdi.
«Barselona» bilan Aspilikuyeta va Alonso borasidagi muzokaralar jarayonida tovon puli kamaytirilişi mumkin. Sababsiz emas. «Çelsi» bir neçta sifatli himoyaçilarni sotib olişni, şu jumladan, «Barsa»ning asosiy maqsadi bölib turgan Jyul Kundeni ilib ketişni rejalaştirmoqda.
AS xabariga köra, «Sevilya» himoyaçisi «Barselona»ga ötiş borasida ikkilanib qolgan. Unga Kataloniya klubidagi noaniq iqtisodiy vaziyat yoqmayapti. Bunda öziga xos «almaşinuv» bölişi ham mumkin. «Çelsi» kataloniyaliklarga Aspilikuyeta bilan Alonsoni beradi va buning evaziga Kunde transferida raqobatçi kamayadi.
Matteys de Ligt «Çelsi»ning yana bir maqsadi, ammo «Yuventus» himoyaçisi «Bavariya»ga ötişga intilmoqda. Ehtimol, bu yaxşidir. Gollandiyalik uçun taxminan 75 million yevro va yana bonuslarni tölaş kerak böladi. Albatta bu juda qimmat. «Çelsi» «Bavariya»dan Dayo Upamekano yoki Benjamin Pavarni olişga tayyor. Ikkala futbolçining narxi de Ligtdan arzonroq böladi, nazariy jihatdan esa ular Matteysdan ham foydaliroq bölişga qodir.
Myunxenliklar Upamekano bilan xayrlaşmoqçi emas. Agar de Ligt «Bavariya»ga ötsa, «Çelsi» darhol Pavar uçun muzokara boşlaşi mumkin.
Foto: Getty Images
Kriştianu Ronaldu «Çelsi»ga ötadimi?
Ötgan mavsumda «Çelsi»da birinçi darajali yulduzlar yetişmadi. Bir yil avval «Inter»dan 97,5 million funt evaziga olingan Romelu Lukaku bu maqomga mos kelmadi. Ingliz naşrlari bu transferni «köklar» tarixidagi eng yomoni deb atadi.
«Çelsi»ning yangi xöjayini Todd Bouli klubga kelganidan söng, Tuxel jamoaning asosiy boyligi ekanini bildirdi. Murabbiyga juda katta işonç bildirilmoqda.
Bouli «Liverpul» va «Mançester Siti»dan örnak olmoqçi, şubhasiz, u yerda Yurgen Klopp va Xosep Gvardiola transfer siyosatiga katta ta’sir ötkazadi. Aftidan, bu holat yulduzlar nazarida «Çelsi»ning jozibadorligini tezda oşirib yuborgan. Kamida uç nafar yuqori darajadagi öyinçi Londonga köçib ötişga tayyor.
The Athletic xabariga köra, Kriştianu Ronaldu «Çelsi»ga ötişga juda qiziqmoqda. Portugaliyalikning agenti Jorjye Mendeş doimiy ravişda Bouli bilan aloqada bölib turibdi. Toddga Ronaldu kabi muhim öyinçini taklif qiliş imkoniyati yoqadi, garçi u faoliyatining sönggi bosqiçida bölsa ham. Töğri, «Mançester Yunayted»ning yangi boş murabbiyi Erik ten Hag allaqaçon portugaliyalikning qolişini aytgan. Ammo Krişning özi gollandiyalikning sözlarini tasdiqlaşga şoşilmayapti.
Uşbu transferni amalga oşirişda muammo bölmaydi. Hal qiluvçi sözni Tuxel aytişi kerak. Nemis mutaxassisi allaqaçon Neymarning transferini bloklab qöygan, çunki uni öz jamoasiga mos emas deb hisoblaydi. Ronaldu böyiça esa öylamoqda. Tuxel Kriştianuning azaliy muxlisi. Yaqin orada ular suhbatlaşib, hujumçi «Çelsi»ning öyin uslubiga mos kela oladimi degan savolga javob berişadi. Tomas, ba’zi ekspertlarning fikriça, Ule-Gunnar Sulşer bilan boğliq vaziyat takrorlanişidan qörqadi. U Kriştianuni jamoaga moslaştira olmagani tufayli vujudga kelgan qoniqarsiz natijalar sababli işdan olingan edi.
«Lids» yarimhimoyaçisi Rafinya «Barselona»ni tanladi, «Çelsi» ham u bilan qiziqqan edi. Endi londonliklar bor e’tiborini Kriştianuga qaratişi mumkin. Şuningdek, «Bavariya» vingeri Serj Gnabri ham e’tibor markazida bölib turibdi. Agar Hakim Ziyoş «Milan»ga ketsa, uning transferi amalga oşirilişi mumkin.
Insayder Janluka Di Marsioning ta’kidlaşiça, Ronaldu yo «Çelsi»ga yo MLS klublaridan biriga ötadi. «PSJ» uni sotib olmaydi, çunki ularda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe bor. A Seriyaga qaytişi imkonsiz. «Barselona» Rafinyani oldi va «Bavariya» bilan Robert Levandovski borasida ham kelişib olmoqçi. Ammo bu oson bölmaydi.
Foto: Getty Images
Levandovski transferi ehtimoli qançalik yuqori?
Bild jurnalisti Kristian Falk sözlariga köra, Myunxenni tark etişni juda xohlayotgan Levandovski «Barselona» yoki «Çelsi»ga ötişni afzal köradi. Parijliklar kuraşga qöşiliş niyatida bölsa-da, unga «PSJ» qiziq emas.
Robert kataloniyaliklar variantini ustuvor deb hisoblaydi, ammo baribir «Bavariya» va «Barselona» kelişuvga erişmaslik ehtimoli borligini tan oladi. Bunday holda, u «Çelsi»da bölişni xohlaydi.
Yakuniy qaror «Bavariya»da. Myunxenliklar uni 50-60 mln yevro evaziga «Çelsi»ga berib yuborişi mumkin.
Foto: Getty Images
«Çelsi» «Barselona»ning asosiy transferi muammosini hal qiladimi?
«Çelsi» yozning eng katta transferlaridan birini hal qilişi mumkin. Gap «Barselona» istagan, ammo «Mançester Yunayted»ga sota olmagan Frenki de Yong haqida ketmoqda.
Kataloniya klubiga oid yangiliklarga ixtisoslaşgan Diario Sport naşri xabariga köra, Frenki «Mançester Yunayted»ga ötişga qarşi. Bu variant bir qator sabablarga köra unga mutlaqo yoqimsiz körinmoqda. Ular orasida – Çempionlar ligasini ötkazib yuborişi, Aleks Fergyuson boş murabbiylikdan ketganidan keyin yuzaga kelgan köplab muammolar, Mançesterdagi noqulay ob-havo kabilar bor.
De Yong «Barselona»da qolişga qarşi emas. Ammo yarimhimoyaçiga «kök-anorranglilar» va «Mançester Yunayted» örtasidagi muzokaralar uning orqasida bölib ötgani yoqmayapti, umuman olganda, klub «Mançester Siti»dan Bernardu Silvani oliş uçun uni sotişga qat’iy tayyorligidan norozi. Şu bilan birga, de Yong «Mançester Yunayted»ga qaraganda «Çelsi»ga ötişni juda yaxşi variant deb hisoblaydi. Öz navbatida, londonliklar «Barsa» yarimhimoyaçisiga qiziqiş bildirmoqda va «Mançester Yunayted» taklifiga mos ravişda öz sözini aytişi mumkin.
Yakun
Rahim Sterling, Kriştianu Ronaldu, Natan Ake, Jyul Kunde, Serj Gnabri, Benjamin Pavar (va/yoki Dayo Upamekano), Robert Levandovski, Frenki de Yong - «Çelsi»ning potensial xaridlari röyxati. Hammasini birdaniga oliş dargumon, lekin beş yoki oltitasi juda real. Bu Tuxel jamoasi uçun «Mançester Siti» va «Liverpul» bilan Premer-Liga çempionligi uçun kuraşda ideal tarkib sifatida qaralişi mumkin.