Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tadbirkorga yer olib berishni va'da qilib 10 ming dollar olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand tumanida tadbirkorga yer olib berishni va'da qilib 10 ming AQSh dollari olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.M. ushlangan. U, go‘yoki o‘zini hokimlik idoralarida ishlashini aytib, tuman hududidan ishlab chiqarish sexi qurish uchun 1 gektar yer olib berishni va'da qilib, tadbirkor A.dan 10 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan.
Qayd etilishicha, F.M. tadbirkordan olgan 10 ming dollar hisobidan 5 ming dollarni o‘z ixtiyori bilan qaytargan va bu protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026