Unda Taxmina Turdialiyeva Samarqanddagi qurilişlar va bunga viloyat aholisining munosabati haqida ham öz fikrlarini bildirdi.
«Tramvay qurilişi böyiça ham tanqidiy fikrlar bor. Adaşmasam, odamlarda tramvay yurganda undan çiqadigan tebraniş kuçi tarixiy binolarga salbiy ta'sir körsatadi, degan xavotir bor.
Ikkinçidan, qurilişlar jarayoni. Bu jarayonlar viloyatda juda oğir keçyapti. Hozir tramvayni yer ostidan ötadigan qilişmoqçi. Buning uçun tunellar ham qazib qöyişgan. Şu jarayonlar odamlarga yoqmayapti.
Quriliş bölaveradi, bölaveradi. Yöllar esa qayta-qayta qurilaveradi. Odamlar qurilişlardan bezib ketgan. Odamlarning maqsadi dam oliş va şahrini çiroyli köriş.
Töğri, ötgan asrlarda ham Samarqandda tramvay bölgan. Öşa paytda tramvayning tebraniş kuçi tarixiy binolarga ta'sir körsatgan yoki körsatmaganini arxitektor olimlar örgangan bölişi kerak. Şunga qaramay qurilişlarga ruxsat berildimi, demak mumkin ekan. Umuman olganda hozir tramvay yöli himoya qilinadigan hududga kirmaydigan qilib qurilyapti. Zarar yetkazişmaydi degan umiddaman», – dedi arxitektor.
Ma'lumot uçun, Taxmina Turdialiyeva 2020 yilda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning quriliş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan va bir muddat şu lavozimda faoliyat yuritgan.
“Şaharlarimiz şaharsozlik siyosatisiz rivojlanyapti” — arxitektorlar bilan suhbat











