Kasallik belgilari namoyon bölganda şifokorga murojaat qilmay, boşqa bemorlar yoki mutaxassis bölmagan kişilar bergan tavsiyalarga köra davolaniş oqibatida ayrim bemorlarning umumiy ahvoliga salbiy ta'siri kuzatilmoqda. Koronavirusni davolaş hamda davolaniş haqidagi savolga Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov quyidagiça javob berdi.
— Ayrim bemorlar özida koronavirus xastaligi belgilari paydo bölganda, undan hadiksiragani yoki öz salomatligiga loqaydligi tufayli kasallikning boşlanğiç vaqtida uy şaroitida notöğri davo taktikalarini qöllaş natijasida bemor umumiy ahvoli öta oğir holatga kelib, statsionar davolanişga majbur bölmoqda.
Koronavirusning bugungi kunda beş xil: simptomsiz, yengil, örta oğir, oğir, öta oğir darajalari mavjud.
1. Simptomsiz daraja. Bunda xastalik sezilarsiz belgilar bilan keçadi. Masalan, kuniga bir-ikki marotaba umumiy holsizlik, toliqiş yoki tana haroratining 37 darajagaça kötarilişi holati kuzatilişi mumkin. Ammo uşbu holatda PZR tekşiruvidan ötganda unda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlanişi mumkin.
2. Yengil daraja. Haroratning 38 darajagaça kötarilişi, tomoqning qiçişi, vaqti-vaqti bilan yötal hamda organizmdagi holsizlik, böğimlar qaqşaşi kuzatiladi. Qayd etilgan uşbu ikki bosqiçda uy şaroitida oilaviy poliklinika şifokori bilan hamkorlikda, ya'ni ularning tavsiyalari asosida davolaniş mumkin.
3. Örta oğir daraja. Bunda yuqorida qayd etilgan belgilar kuçaygani uçun bemorning şifoxonaga yotqizilişi tavsiya etiladi. Bunday bemorlarga qat'iy tartibdagi davolaniş çoralari va doimiy mutaxassislar nazorati kerak böladi. Şuningdek, xavflilik darajasi yuqori bölgan kişilar: ya'ni bemorlarning yoşi 50-60 va undan katta bölganda yoki virusga çalingan kişining yondoş kasalliklari bölsa, homilador ayollarda koronavirus aniqlansa, ularga örta oğir daraja belgilanib, statsionar davolaş uslubi qöllaniladi.
4. Oğir daraja. Bunda bemorlarda yuqoridagi belgilar yaqqol namoyon bölişi bilan birga nafasning ötkir yetişmovçiligi, ruhiyat özgarişi, xususan, ölim talvasasi hamda barça a'zolarida kasallikning ta'siri sezila boşlaydi. Tabiiyki, uşbu holatda ham, albatta, statsionarda davolaş zarur.
5. Öta oğir daraja. Bunda esa, bemorlar faqatgina şifoxonalarning jonlantiriş bölimlarida davolanişi kerak böladi. Uy şaroitida koronavirusning zararli ta'sirini kamaytiriş uçun xonalar tez-tez şamollatib turilişi, uyning tozaligiga va undagi oziq-ovqat mahsulotlarining töğri saqlanişiga qattiq e'tibor berilişi lozim.













