Ijtimoiy tarmoqlarda Şahrisabz tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasida şart-şaroitlar, tozalik talab darajasida emasligi, hududning sanitariya holati yomon ahvolda ekani haqida video tarqalgan. Holat viloyat prokuraturasi tomonidan örganilib, tuman tibbiyot birlaşmasi mutasaddi rahbarlari ustidan jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, viloyat prokurori E.Tojiyevning topşiriğiga asosan, viloyat prokurori örinbosari A.Mirzayev rahbarligidagi işçi guruh tomonidan videoda körsatilgan holatlar örganilgan.
Örganiş natijalariga köra, Şahrisabz tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasining oşxona va omborxonasida oziq-ovqat mahsulotlari saqlanişi, tayyorlanişi, binoning ahvoli sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar böyiça viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşqarmasi tomonidan şifoxona boş şifokori B.Sanayev, ombor mudiri J.Rahmatov, diyet hamşirasi (oşxona bekasi) L.Badiyeva Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 53-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan taşqari, Şahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 10 iyun kuni tuman tibbiyot birlaşmasi rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi, 2-qismi «v» va «g» bandlari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Mazkur jinoiy iş doirasida, yuqumli kasalliklar şifoxonasida amalga oşirilgan quriliş-ta'mirlaş işlari nazorat ölçovidan ötkazilmoqda.
Qaşqadaryoda majburiy mehnatga yöl qöygan boş şifokorga çora körildi









