2021 yil 14 iyun kuni “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi qonunning 6-moddasiga özgartiş kiritilib, 2005 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda doimiy yaşab kelgan hamda muqaddam çet davlat fuqaroligida bölmagan şaxs xohiş bildirgan taqdirda, uni Özbekiston fuqarosi deb tan oliş tartibi joriy etilişi natijasida 1992 yildan beri Özbekistonda yaşab kelayotgan Intizor Mamadaliyevaga Özbekiston fuqaroligi berildi.

Intizor Mamadaliyeva Özbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinib, 14 iyul kuni uning nomiga Özbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylaştirildi.

Eslatib ötamiz, ötgan yili Kun.uz’da e'lon qilingan maqolada Intizor Mamadaliyeva sud hukmi bilan fuqarolik pasportini noqonuniy tarzda qölga kiritgan, deb topilib, mantiqsiz tarzda Özbekistondan Qirğizistonga deportatsiya qiliş belgilangani tanqid qilingan edi. Şundan söng, hukm qayta körib çiqilib, uning deportatsiyaga oid qismi bekor qilingan.