Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minglab afg‘onlar AQSh tomonidan evakuatsiya qilinish uchun Kobulga kela olmayapti
AQSh Afg‘onistondan evakuatsiya qilishga rozi bo‘lgan minglab afg‘onlar “Tolibon” harakati hujumlari sababli Kobulga kela olmayapti. Amerikaliklar bu yerdan ularni olib ketishi kerak.
Foto: Reuters
NBC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, joriy haftada AQSh hukumati Afg‘onistondagi missiya davomida amerikalik harbiylarga ko‘mak ko‘rsatgan yuzlab afg‘onlarga elektron pochta orqali maktub yo‘llagan. Ularga AQShga yoki uchinchi davlatlarga evakuatsiya qilinish uchun tayyor turish kerakligi va buning uchun Kobulga mustaqil ravishda kelishlari aytilgan. Biroq afg‘onlarga Kobulga yetib olishda toliblar tomonidan qo‘lga olinish yoki o‘ldirilish xavfi tahdid solmoqda.
Telekanalning ma'lum qilishicha, afg‘onlardan ba'zilari Kobulga yo‘llar toliblar tomonidan nazorat qilinayotgani sababli poytaxtga yetib bora olmayotganlarini ma'lum qilishgan. Shuningdek, o‘nlab afg‘onlar Kobulga yetib olish uchun pullari yo‘qligi sababli AQShdagi xayriya tashkilotlariga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Amerikalik amaldorlardan birining ta'kidlashicha, AQSh Afg‘onistonda deyarli qo‘shinlarsiz qolgan va evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan afg‘onlarning Kobulga yetkazilishini ta'minlay olmaydi.
G‘arb OAVning ma'lum qilishicha, amerikalik harbiylarga ko‘mak ko‘rsatgan 18 mingga yaqin afg‘on va ular oilalarining 53 mingga yaqin a'zosi AQShga immigratsiya vizalarini olishga umid qilmoqda. Biroq bu ancha uzoq jarayon bo‘lgani sababli hozircha ularni AQShning uchinchi davlatlardagi bazalariga evakuatsiya qilishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
14:50
AQSh maxsus vakili Lukashenkoga ozish uchun ukollar va’da qilgan
10:00
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025