29-sentabr kuni bölib ötgan uçraşuv qonun yoki majburiy qoidalar bilan emas, kompaniyalar imzolagan ixtiyoriy kelişuv bilan yakunlandi. Şu kuni Tramp federal hukumat uçun sunʼiy intellektning nomini ham özgartirdi.

Tuşlik, kelişuv va yangi atama

Uçraşuvning özi Tramp maʼmuriyatining sunʼiy intellektga yondaşuvini yaqqol körsatib berdi: davlat qoidalarni belgilamayapti, balki sanoat öz-özini nazorat qilişini xohlayapti.

2026-09-30 17.41.33
Foto: AP

Associated Press xabariga köra, tuşlikdan oldin Tramp Vaşingtondagi marosimda davlat xizmatlaridan foydalanişni osonlaştiradigan America.gov sunʼiy intellekt platformasini taqdim etdi.

«Men sanoat inqilobidan ham kattaroq böladigan texnologiyaning ösişini heç qaçon böğmayman. Biz uni böğa olmaymiz, biz ança oldindamiz», dedi u.

Şundan söng Oq uyda yopiq tuşlik bölib ötdi. New York Times'ga köra, unda Nvidia boş ijroçi direktori Jensen Xuang, Anthropic boş ijroçi direktori Dario Amodey, Meta rahbari Mark Sukerberg, Google boş ijroçi direktori Sundar Piçay, OpenAI prezidenti Greg Brokman, SpaceX va xAI asosçisi Ilon Mask, Amazon asosçisi Jeff Bezos va Palantir boş ijroçi direktori Aleks Karp iştirok etdi. Hukumat nomidan Trampdan taşqari vitse-prezident J.D. Vens, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson, moliya vaziri Skott Bessent va Oq uy apparati rahbari qatnaşdi.

2026-09-30 17.41.42
Foto: AP

Uçraşuv yakunida Tramp va olti kompaniya rahbari «Super intellekt böyiça Oq uy kelişuvi» deb nomlangan bir sahifalik hujjatni imzoladi. Unga köra, kompaniyalar