Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning singlisi Qurbonbibi Rahmonova 20 iyul kuni 64 yoşida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.

Ma'lum bölişiça, öşa kuni onasining vafotini eşitgan Tojikiston prezidentining Faxriddin, Farrux va Ziyodulla Safarov ismli jiyanlari mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Jamoliddin Abdullazodani kaltaklagan. Imomali Rahmonning singlisi koronavirus yuqtirib olgaç, prezident apparati qoşidagi kasalxonada davolanayotgan bölgan. Qurbonbibi Rahmonovani davolaş uçun Germaniya, Rossiya va Özbekistondan maxsus şifokorlar guruhi çaqirtirilgan. Ular bemor vafotidan ikki soat oldin mahalliy şifokorlarning davolaş uslublari xato bölganini aytişgan.

Bu gapni eşitgan bemorning uç öğli onasiga qaragan şifokorlar guruhi a'zolari va Tojikiston soğliqni saqlaş vaziri Jamoliddin Abdullazodani kaltaklaşgan. Vazir jağidan kuçli zarba yegani aytilmoqda. Şuningdek, kasalxona rahbari boşidan jarohat olgan. Şifokorlar ham yengil lat yegan. Aka-ukalarni Duşanbe meri, Imomali Rahmonning öğli Rustam Imomali tinçlantira olgan.

Jamoliddin Abdullazoda uşbu voqeadan keyin AQŞdan 1,5 million doza Moderna vaksinasi olib kelinişi munosabati bilan ötkazilgan matbuot anjumanida iştirok etmagan. Uning örnida qatnaşgan örinbosari Şodixon Jamşed vazir mamlakatdan taşqarida xizmat safarida bölib turganini aytgan. U Abdullazoda kaltaklangani haqidagi gaplarni uydirma deb atagan.

Ma'lum bölişiça, Tojikiston IIV holat yuzasidan suriştiruv olib bormoqda. Qurbonbibi Rahmonova 21 iyul kuni Tojikistonning Danğara tumanida dafn etilgan.