Samarqandda qoidani buzgan haydovchi YPX xodimiga 100 dollar pora berayotganda ushlandi
Samarqandda yo‘l harakati qoidalarining bir necha bandini buzgan haydovchi YPX xodimiga 100 dollar pora berayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 iyun kuni soat 20:10larda Samarqand shahri Dahbed ko‘chasidan harakatlanib kelgan Nexia-2 mashinasi YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirib, qochib ketgan. U boshqa chorrahada to‘xtatilib, hujjatlari tekshirilganda, haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlangan.
Bundan tashqari, u tegishli ruxsatnoma bo‘lmagan holda mashinaning old va yon oynalari tusini o‘zgartirib harakatlangan. Mazkur qoidabuzarliklar YPX inspektori tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, 1 iyul kuni haydovchi YPX inspektorining oldiga kelib, jarima maydonchasida turgan avtomashinasini chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilgan.
Inspektor fuqaroga ushbu harakati noqonuniyligi, pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, haydovchi niyatidan qaytmagan. YPX inspektori holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur bildirgiga asosan, O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda shahar prokuraturasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, haydovchi YPX inspektoriga 100 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:49
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
13:46
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024