Brazillarda qatorasiga uçinçi final
Olimpiada-2020. Futbol. 1/2 final
Meksika — Braziliya — 0:0 q.v. (0:0, 0:0, 0:0). Penalti — 1:4
Penaltilar seriyasi: Dani Alves — 0:1. Agirre — 0:1 (darvozabon). Martinelli — 0:2. Vaskes — 0:2 (ustun). Gimarayns — 0:3. Rodriges — 1:3. Reyniyer — 1:4.
Meksika: Oçoa, Montes, X.Angulo (Mora, 98), Vaskes, Lorona, Romo, Eskuvel (Rodriges, 46), Kordova (X.Angulo, 78), Vega (Alvarado, 90+2), Antuna (Laynes, 62), Martin (Agirre, 98).
Braziliya: Santos, Dani Alves, Arana, Diyegu Karlos, Ninu, Duglas Luis (Mateus Enrike, 115), Gimarayns, Klaudinyu (Reyniyer, 73), Rişarlison, Paulinyu (Martinelli, 67), Antoni (Malkom, 91).
Ogohlantirişlar: Diyegu Karlos, 37. Montes, 40. Antoni, 64. Gimarayns, 72. Laynes, 74. Reyniyer, 76. Lorona, 76. Romo, 105. Duglas Luis, 110.
Hakam: Kabakov (Bolgariya).
3 avgust. Kasima (Ibaraki). «Kasima» stadioni.
Braziliyaning bu bosqiçgaça bölgan öyinlari öziga xos maşğulot öyinlaridek ötdi. «Selesao»da şunday kuçli tarkib yiğilganki, real raqobatçilarni sanaş uçun bir kaft barmoqlari köplik qiladi. Şunday jamoalardan biri bölgan — Germaniya — guruh bosqiçidayoq zararsizlantirildi, nemislarga qarşi öyin Andre Jardin jamoasining kunçiqar mamlakatdagi eng yorqin öyini böldi.
Bu öyin boşlanğiç turga töğri kelgandi va faqat yarimfinalga kelib Braziliya yana töliq kuç bilan harakat qildi. Meksikaliklar ilk daqiqalardanoq himoyalanişga majbur bölişdi, faxriy darvozabon Oçoani esa qanot himoyaçilari Arana va Dani Alves işga kömib taşlaşdi. Aftidan, bunday bosim birinçi bölim örtalariga borib samara bergandek edi,ammo Duglas Luis raqib jarima maydonida yiqilgan vaziyatning videotakroridan keyin hakam belgilangan penaltini bekor qildi, bu vaziyatda «Aston Villa» futbolçisi «Atsteklar»ning töqnaşuvdan qoçişga ulgurmaydigan holatda qolgan himoyaçisiga özi borib urilgandi.
Ammo öyinning boşini himoyada ötkazgan Meksika baribir nega aynan ular Olimpiadaning eng samarali jamoasi bölib turganini isbotlaşdi. Birinçi bölimning sönggi daqiqalarida brazillar darvozasi oldida ikki xavfli vaziyat yuzaga keldi, Romaning kuçli zarbasini Santos bartaraf etgan bölsa, yana bir zarba darvoza tösini ustidan ötib ketdi. Va bu ikki vaziyat Braziliyaning vaziyatlaridan xavfliroq edi. Amaldagi çempionlar öyinning asosiy vaqtida masalani hal qilişga yaqin edi, ikkinçi bölim oxirlarida turnirning eng yaxşi töpurari bölib turgan Rişarlisonning zarbasi ustundan qaytdi.










