Navoiy şahridagi AGTKŞda “Labo” maşinasida yonğin kelib çiqdi. Oqibatda avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil şinalari yongan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, holat 6 avgust kuni soat 09:21 da, Navoiy şahrining Kimyogar mahallasi hududida joylaşagan “Zarafşon Fayz Oil” MJÇga qaraşli AGTKŞdan sodir bölgan. Yoqilği quyib çiqiş vaqtida “Labo” maşinasi yonib ketgan.

Jalb etilgan 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yonğinni soat 09:23 da örab olib, soat 09:25 da batamom öçirgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq. Mutaxassislar tomonidan yonğin sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Oldinroq Navoiyda ohak işlab çiqariş sexida sodir bölgan yonğinda bir kişi halok bölgandi.