Toşkentda, hukumat qaroriga zid ravişda, elektron suğurta polisi inobatga olinmay, haydovçiga ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgani haqida Kun.uz 26 iyun kuni ma'lum qilgan edi.

Şundan söng sayt muxbiri va asossiz jarimaga tortilgan haydovçi Toşkent şahar IIBB YHXBga taklif qilinib, xodimdan xatolik ötgani, ma'muriy bayonnoma tez kunda bekor qilinişi aytilgandi.

Ammo, YHXB mulozimlari sözida turmadi va oradan 1 oydan köproq vaqt ötsa-da bayonnoma bekor qilinmadi.

Kun.uz va'da yerda qolgani haqida 3 avgust kuni tanqidiy material e'lon qildi. Haydovçining bizga ma'lum qilişiça, maqoladan söng uning telefon raqamiga “Sizda tölanmagan jarima yöq” degan xabar kelgan.

Eslatib ötamiz, qonunçilikka asosan davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari Ye-polis haqiqiyligini tegişli mobil qurilmaga QR-kodni körsatiş yoki Ye-polis noyob raqamini kiritiş orqali tekşirişi lozim.