Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga ma’muriy organ mansabdor şaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari töğrisidagi norma kiritildi.

 

Unga köra, ma’muriy organning qarori yoki uning mansabdor şaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (şikoyatni) körişda mansabdor şaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi iştiroki majburiy hisoblanadi.

 

Uşbu arizani (şikoyatni) körişda mansabdor şaxs yoki uning vakili sud majlisida iştirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi.

 

Ma’muriy organ mansabdor şaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida iştirok etmagani sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor şaxsga nisbatan sud jarimasini qöllaşga haqli.

 

Ma’muriy organ mansabdor şaxsining yoki uning vakilining iştiroki işning har tomonlama, töliq va töğri hal qilinişiga tösqinlik qilmagan taqdirda, iş davlat organi mansabdor şaxsining yoki uning vakilining iştirokisiz körib çiqilişi mumkin.