YHX xodimi hukumat qaroriga zid ravishda elektron sug‘urta polisini inobatga olmadi va ma'muriy bayonnoma tuzdi
Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqaro shaxsiy avtomobili Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilganda, ularga taqdim qilgan elektron sug‘urta polisi [E-polis] inobatga olinmagani va sug‘urtasiz avtomobil boshqarganlik aybi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirganini ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ
Haydovchiga ko‘ra, YHX xodimi o‘ziga telefonda ko‘rsatilgan elektron sug‘urta polisiga hattoki qaramagan ham. Shuningdek, xodimga Vazirlar Mahkamasining qarori va to‘g‘ridan to‘g‘ri rahbar organi - IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olimjon Saidovning xati ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, haydovchiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Qonunchilik nima deydi?
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 780-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom 32-bandida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Ye-polis haqiqiyligini tekshirish tegishli mobil qurilma orqali QR-kodni o‘qib olish yoki Ye-polis noyob raqamini kiritish orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, ushbu qaror keyingi bandlarida transport vositalari egalari majburiy sug‘urta bo‘yicha vakolatli organlarga E-polisni qog‘ozga chiqarib olgan yoki elektron shaklda taqdim etishlari kerakligi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olimjon Saidovning Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga yuborgan xatida 2021 yil 1 martdan elektron sug‘urta polislari YHX xodimlari tomonidan qabul qilinishi yozilgan.
“Joriy yilning 1 mart kunidan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish elektron shaklda (E-polis) rasmiylashtirilishi belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinib, mazkur tartib DYHXXning barcha quyi tizimlariga yetkazilganligini hamda tekshiruvlar elektron polislar asosida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berilganligini ma'lum qilamiz”, deyiladi Olimjon Saidov yozgan xatda.
Tahririyatning holatga izoh olish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga yuborgan savollari bir haftadan buyon javobsiz qolmoqda.
Ayni damda haydovchiga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (245 ming so‘m) miqdorida jarima yozilgan. Huquqlari buzilgan fuqaro Yo‘l harakati xavfsizligi xodimining qonunga zid qarori ustidan sudga shikoyat kiritdi.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat | 18:00
-
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog
Jahon | 17:33
-
Mask AQSh O‘zbekiston paxtakorlarini moliyalashtirganini eshitib kulib yubordi
Jahon | 17:04
-
AQSh Rossiyaning savdo hamkorlariga 500 foizlik boj joriy qilmoqchi
Jahon | 17:01
Mavzuga oid

21:10 / 06.08.2021
Haydovchiga asossiz yozilgan jarima Kun.uz tanqididan so‘ng bekor qilindi

18:19 / 11.09.2020
Sug‘urta polisisiz boshqarilgan avtotransportni ushlab turish tartibi bekor qilinadi

17:56 / 21.04.2018