5−13 iyul kunlari Yaponiyaning Çibo şahrida ötayotgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 3 nafar özbekistonlik öquvçi bronza medallarini qölga kiritdi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Sovrindor öquvçilar:

  • Ozodbek Axtamov — Toşkent şahri Al-Xorazmiy ixtisoslaştirilgan maktabi 9-sinf öquvçisi;
  • Anvarbek Rahmatov — Buxoro viloyati Qoraköl tumani ixtisoslaştirilgan maktabning 11-sinf öquvçisi;
  • Anvarbek Sadulloyev — Buxoro viloyati Peşku tumani 18 -maktab 11-sinf öquvçisi.

Uşbu olimpiadada dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab öquvçisi iştirok etmoqda.

Ma’lumot uçun, prezident qaroriga muvofiq 3-örin (bronza medal) uçun öquvçiga bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari (66 mln söm), uning ustoziga 150 baravar (49,5 mln söm) pul mukofoti beriladi.