2024 yilning 24-25 fevral kunlari Toşkent xalqaro matematika olimpiadasining birinçi bosqiçi bölib ötadi. Unda 3-11 sinf öquvçilari onlayn şaklda iştirok etadi. Bu haqda Toşkent xalqaro matematika olimpiadasi özining rasmiy sahifasida xabar berdi.

Qayd etilişiça, tanlovda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlar kesimida umumta’lim muassasalari — maktablar, akademik litsey hamda ixtisoslaşgan maktab öquvçilari qatnaşişi mumkin.

Barça iştirokçilar sertifikatlar bilan, ğoliblar esa oltin, kumuş, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. Jami mukofot jamğarmasi 450 mln söm. Qolaversa, olimpiadada munosib iştirok etganlarga xalqaro universitetda öqiş uçun 100 foizlik grant ajratilişi ham va’da qilinmoqda.

Olimpiadada iştirok etiş uçun Telegram’da maxsus botdan (@tasimo_bot) röyxatdan ötiş talab qilinadi.