14:10 / 09.08.2021
11143

Birinchi yarim yillikda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sdi

YaIM ortishiga sanoat va xizmatlar sohasidagi jiddiy o‘sish katta ta'sir o‘tkazgan.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln so‘mni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘proq.

YaIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1,8 foiz, sanoatda 8,5 foiz, qurilishda 0,1 foiz va xizmatlar sohasida 8 foiz o‘sish hisobiga erishilgani qayd qilingan.

Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur'atlari Toshkent shahri (14 foiz), Sirdaryo (12,3 foiz), Toshkent (7,8 foiz)va Qashqadaryo (7,7 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Avvalroq, 2021 yilning yanvar-mart oylarida respublika iqtisodiyoti 2020 yilning mos davriga nisbatan 3 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 128,6 trln so‘mni tashkil etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top