Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi temir yöl kesişmasi yonida STOP belgisi qöyilib, «budka» örnatilgani, yölovçilar töxtatilib, koronavirusga qarşi majburiy emlanayotgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, Yakkaboğda yölovçilarning majburiy emlanayotgani haqidagi xabar miş-miş va unda heç qanday asos yöq.
Qayd etilişiça, hozirda Yakkaboğ tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli davolaş-profilaktika muassasalarida maxsus jihozlangan jami 28 ta emlaş punkti taşkil etilgan. Koronavirusga qarşi emlaş işlari sovuqlik zanjiriga rioya qilingan holda faqat emlaş punktlarida olib borilmoqda.
«Mamlakatimizda heç qaysi hududda yölovçilar yoki haydovçilar töxtatilib, majburiy emlanişiga yöl qöyilmaydi», deyiladi munosabatda.
Majburiy emlaşni nazarda tutuvçi qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi
Emlaşdan ötişni rad etgan xodimni işdan çetlatişga ruxsat beruvçi qonun imzolandi









