Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bölganda Boş davlat sanitariya vraçi qarori asosida profilaktik emlaşdan ötişni rad etsa (qarşi körsatma mavjud bölmaganda), iş beruvçi uni işga qöymaslikka haqli ekanligiga oid qöşimça kiritildi.
“Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalişi tahdidi bölganda Boş davlat sanitariya vraçining qarori asosida aholini profilaktik emlaşdan ötkaziş joriy etilişi belgilandi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 17 iyuldan ayrim toifadagi fuqarolarga majburiy emlaş joriy qilingan edi. Ular - tibbiyot va ta'lim muassasalari, transport kompaniyalari, çakana savdo şoxobçalari xodimlari, davlat xizmatçilari hamda boşqalar.
Şu bilan birga, adliya vaziri Ruslanbek Davletov iş beruvçi xodimni emlaşdan boş tortgani uçun işdan böşatişi emas, balki çetlaştirişi mumkinligini ma'lum qildi.









