Yuzlab kişilardan iborat olomon Kobul aeroportining uçiş maydoniga yorib kirgan, AFP agentligi xabariga köra, amerikalik harbiylar ogohlantiruvçi öqlar uza boşlagan.

BFM telekanali guvohlarning videoyozuvlarini e'lon qilgan, unda yuzlab kişilar tösiqlarni buzib ötib, samolyotlar traplariga çiqib olişga urinayotgani aks etgan, bu fonda öq ovozlari eşitiladi.

Aeroport ma'muriyati voqea joyiga kelmagan - ayni vaqtda barça tijoriy reyslar bekor qilingan.

Kobul aeroportida bir neça kişi halok böldi
Wall Street Journal naşri xabar berişiça, Kobul aeroportining yölovçilar terminalidagi otişma oqibatida uç kişi halok bölgan. Al Arabiya esa qurbonlar soni beş nafarligini aytmoqda.

Minglab afğonistonliklar mamlakatni tark etiş umidida aeroportga oqib kelişda davom etmoqda.

Naşrning yozişiça, guvohlar qonga belangan jasadlar terminal polida yotgani haqida xabar berişgan. Amerikalik harbiylar hozirça holat yuzasidan izoh bermadi.

Avvalroq, olomon aeroportning uçiş maydoniga yorib kirgaç, amerikalik harbiy xizmatçilar ogohlantiruvçi öqlar uzişgani ma'lum qilingandi.

Tijoriy reyslar vaqtinçalik töxtatilgan
Yakşanba kuni NATO xavfsizlik nuqtayi nazaridan xalqaro aviakompaniyalarga Kobul aeroportidan yölovçi reyslar amalga oşiriş vaqtinça taqiqlanganini ma'lum qilgandi.

Hozirda aeroportdan faqat harbiy samolyotlar uçişiga ruxsat berilmoqda.

Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi Afğoniston ustidan uçişni vaqtinça töxtatganini ma'lum qilgan. Irlandiyaning KLM kompaniyasi rahbariyati ham şunday körsatma bergan, Bangkok va Singapur yönalişida uçuvçi yölovçilar Afğonistonni aylanib ötiş zarurati tufayli parvoz vaqti uzayişidan ogohlantirilmoqda.

Bugun Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi ham şunday qarorga keldi - samolyotlar Afğoniston hududini aylanib uçadi.