Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 2021 yilning iyul oyida O‘zbekistonda 18,1 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari tuzildi, bu 2020 yilning mos davriga (16,1 ming) nisbatan 12,5 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, joriy yilning iyun oyiga nisbatan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 16 foizga kamaydi.
Iyul oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdi sur'atlari sekinlasha boshladi va sotib olish faolligiga ta'sir qiluvchi asosiy omil pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi bo‘ldi.
Talab pasayishining sabablari nimada?
“Joriy yil iyul oyi ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning iyul oyi bilan taqqoslash unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki 2020 yil iyul oyida lokdaun holati amalda edi.
Ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni kamayishining asosiy sabablari epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi bo‘lib, buning natijasida potensial xaridorlar hozirgi bozor sharoitlarida bitimlar tuzishni foydasiz hisoblab, noaniqliklar tarqalishini kutishadi. Shu bilan birga, ta'kidlash kerakki, karantin cheklovlari butun mamlakat bo‘ylab amal qilmoqda, bu ham iqtisodiyotga bosim o‘tkazishda davom etmoqda. Bu Markaz tomonidan o‘tkazilgan parallel tadqiqotda ham qayd etilgan, xususan kichik va o‘rta biznes vakillarining 17 foizi pandemiyaning tovarlar/xizmatlarga bo‘lgan talabga salbiy ta'sirini qayd etgan”, deyiladi markaz tadqiqotida.

Ipoteka kreditlari ham kamaydi
Ko‘chmas mulk bozorida talabning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lgan boshqa omillar orasida aholiga berilgan ipoteka kreditlari sonining kamayishi ham bor.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida ipoteka kreditlari soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga kamaygan. Iyun oyida esa pasayish 53 foizni tashkil etdi.
Umuman olganda, 2021 yil 7 oyida berilgan ipoteka kreditlari soni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslanganda 19,2 foizga kamaydi.
Qaysi hududda talab pasaydi?






