«Rieltorlik faoliyati töğrisida»gi qonunga muvofiq, rieltorlik sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişning yagona tizimi belgilandi. Qonun köçmas mulk bozori iştirokçilari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlaşga qaratilgan.
Hujjatga köra, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. Rieltorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun maxsus öquv dasturini tugatiş, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli ötiş va ştrix kodli malaka sertifikatini oliş talab etiladi.
Şuningdek, rieltorlik taşkilotlari va köçmas mulk böyiça agentlar Yagona reyestrga kiritilgan sanadan boşlab faoliyat yuritiş huquqiga ega böladi. Reyestrda rieltorlar, agentlar, professional jamoat birlaşmalari va ularning faoliyatiga oid ma’lumotlar joylaştiriladi.
Qonunga muvofiq, rieltorlik xizmatlari köçmas mulk ob’yektlariga oid bitimlarda vositaçilik qiliş, ularning savdosini taşkil etiş, işonçli boşqariş hamda axborot, maslahat va reklama xizmatlarini körsatişni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, xususiy sektor tomonidan taşkil etiladigan multilisting tizimi joriy qilinadi. U rieltorlik xizmatlarini «yagona darça» tamoyili asosida körsatiş, elektron axborot almaşinuvini ta’minlaş va bozor iştirokçilari örtasidagi hamkorlikni soddalaştirişga xizmat qiladi.

















