Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toşkent şahrida ötkazilgan köçmas mulk obektlarini ommaviy baholaşning dastlabki natijalarini taqdim etdi. 14-avgust kuni vazirlikda bu borada jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Köçmas mulkni ommaviy baholaş tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş – davlat rahbarining 2025-yil 5-martdagi 43-sonli farmonida nazarda tutilgan. Bu tizimning birinçi bosqiçi 2025–2026-yillarda Toşkent şahrida, tajriba tariqasida amalga oşirilmoqda.
Ommaviy baholaşning dastlabki natijalariga köra, poytaxtda 600 mingdan ortiq kvartira baholangan. Ularning amaldagi kadastr qiymati 57,8 trln sömni taşkil etgan bölsa, ommaviy baholaş natijasidagi qiymat 426,7 trln söm etib belgilangan.
Şuningdek, 213 mingdan ortiq hovli-joy qayta baholangan. Mazkur ob’yektlarning amaldagi kadastr qiymati 39,1 trln sömni taşkil etgan bölsa, ommaviy baholaş natijasida ularning qiymati 548,4 trln sömni taşkil etdi.
Baholaş natijalari Toşkent şahri hududlari kesimida köçmas mulk qiymatida sezilarli tafovutlar mavjudligini ham körsatdi. Jumladan, kvartiralarning 1 kvadrat metri uçun qiymat 4,6 mln sömdan 35,8 mln sömgaça, bir sotix yer uçastkasining qiymati esa 115 mln sömdan 890 mln sömgaça bölgan.
Qayd etilişiça, dastlabki natijalar 60 kun davomida jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi hamda mulkdorlar öz fikr-mulohazalarini bildirişi mumkin böladi. Mulkdorlar baholaş natijalari hamda hisob-kitoblarda foydalanilgan ma’lumotlar bilan tanişiş, zarur tuşuntirişlarni oliş va natijalarni qayta körib çiqişni söraş huquqiga ega. Mulkdorlar, şuningdek, ommaviy baholaş natijasida aniqlangan qiymatni mustaqil baholaş uçun baholovçi taşkilotni jalb qilişlari mumkin.
43-sonli farmonda Toşkent şahridagi eksperimentning dastlabki natijalaridan kelib çiqib, ommaviy baholaşdan ötkazilgan mol-mulklar va yer uçastkalari uçun mol-mulk soliği va yer soliği böyiça soliq solinadigan bazani qaytadan belgilaş va soliq stavkalarini pasaytiriş böyiça takliflar işlab çiqilişi belgilangan.
Farmonga köra, köçmas mulkni ommaviy baholaş tizimini joriy etişdan quyidagi maqsadlar közlangan:
- respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uçastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlaş;









