Turkiyaning “Cengiz Energy” kompaniyasi Toşkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurmoqda. Bu haqda IES qurilişi bilan tanişiş uçun taşkil etilgan press-turdan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Loyiha direktori örinbosari Caner Karabayga köra, loyiha 2022 yilda töliq işga tuşadi.

“Ayni kunda 380 nafar xodim işlatyapmiz, ularning 38 nafari turk va qolganlari özbekistonliklar. Xodimlar nafaqat Qibray, balki butun Özbekistondan. Özbekistonlik xodimlar safimizda elektrik va mexanik bölib işlaşmoqda.

Bugunga kelib loyiha dizayn jihatdan 95 foizga va umuman olganda 50 foizga bitirilgan. Energetika vazirligiga va'da berilgani kabi 2022 yilda işga tuşirişga tayyor qilamiz”, – deydi u.

Davlat-xususiy şerikçilik loyihasi 2021 yil 2 fevralda qabul qilingan alohida prezident qaroriga muvofiq amalga oşirilyapti.

IES işga tuşgaç, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Cengiz Energy” örtasida elektr energiyasini sotib oliş töğrisida imzolangan bitimga muvofiq, işlab çiqarilgan elektr energiyasini “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib oladi.

“Loyiha qiymati 150 million AQŞ dollari atrofida baholangan. U töliq xususiy investor tomonidan amalga oşirilmoqda. Loyihada ikkita gaz turbinasi va bitta buğ turbinasi işlatiladi, gaz turbinasi AQŞda, buğ qozonlari Germaniyada işlab çiqarilgan.

Loyiha muddati 25 yil, şu muddatdan keyin Özbekiston özi bu IES kerak böladimi-yöqmi, hal qiladi. Özbekistonda işlatilayotgan quvvatlarning kunlik maksimumini 11 gigavatt deb olsak, bu loyiha uning 2 foizini, joriy yilda işga tuşadigan boşqa loyihalar bilan qöşib hisoblasak, 7-8 foizni taşkil qiladi”, – deydi Energetika vazirligi Elektr-energetika sohasida islohotlarni amalga oşiriş loyiha ofisi direktori örinbosari Bahrom Umarbekov.