Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei Cup 2021 musobaqasiga start beriladi: Huawei kompaniyasi tomonidan AKT sohasida o‘tkaziladigan Yevrosiyo musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Huawei kompaniyasi Huawei Cup 2021 – AKT sohasidagi Yevrosiyo musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanganini e'lon qiladi. Huawei kompaniyasi 2015 yildan buyon AKT sohasidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun ushbu ta'lim loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Uning maqsadi – iqtidorli yosh AKT mutaxassislarini jalb qilish va ularni o‘zlarining kasbiy sifatlarini mustaqil ravishda rivojlantirishga qiziqtirishdir. Hozirgi kunga qadar tanlovda 50 mingdan ortiq talabalar va yosh AKT mutaxassislari ishtirok etishgan. Bu yilgi ro‘yxatga olish 23 avgustdan boshlandi.
Huawei Yevrosiyo kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Say shunday deydi:
“Huawei Cup – bu Huawei kompaniyasining Yevrosiyodagi yetakchi ta'lim loyihasi bo‘lib, u yetti yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazilib kelmoqda va zamonaviy AKT yechimlari bilan ishlashni biladigan minglab iqtidorli yoshlarni birlashtirmoqda. Musobaqa ishtirokchilari – bu ta'lim muassasalarida berilayotgan bazaviy ta'lim bilan chegaralanib qolmayotgan, sinchkov aqli o‘sish va kamol topish uchun yangiliklarni izlayotgan, yangi bilim va innovatsion yechimlarga intilayotgan shijoatli yoshlardir. Biz Huawei Cup musobaqasi ularga eng yangi trendlar va texnologiyalar bilan tanishish, o‘zlarining martaba istiqbollarini kengaytirish va AKT sohasidagi xalqaro ekspertlar hamjamiyatining bir qismi bo‘lishlari uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganidan xursandmiz. Ishonchim komilki, Huawei Cup ishtirokchilar va g‘oliblar uchun AKT sohasida professional yutuqlar va tadqiqotlar sari ilk qadam bo‘ladi hamda ular butun mintaqaning dinamik rivojlanayotgan IT sohasiga ko‘plab innovatsiyalarni olib kiradi”.
Musobaqalarda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston va Ozarboyjondan bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan, 2021 yilgi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari, aspirantlari va bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar bepul onlayn maktabda o‘z professional darajasini oshirishlari va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Huawei ekspertlarining AKTning katta talabga ega bo‘lgan sohalariga bag‘ishlangan vebinarlari va ma'ruzalari shu sohalar bo‘yicha juda ko‘p narsalarni bilib olishga yordam beradi. Maktab ishtirokchilarni Huawei kompaniyasining amaliy keyslari va yangi texnologiyalari bilan tanishtiradi.
Musobaqalar bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish 23 avgustdan boshlanadi, birinchi bosqich viktorinasi 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Bu yil tanlov oltita nominatsiyada o‘tkazildi: AI (sun'iy intellektning modellari va usullari), Storage (ma'lumotlarni saqlash tarmoqlarini qurish), IP (IP tarmoqlarining texnologiyalari va protokollari), 5G (yangi avlod mobil aloqa texnologiyalari va standartlari), APP (Mobil ilovalarni loyihalash) va yangi jurnalistlar uchun ICT Observer (AKT kuzatuvchisi) nominatsiyasi.
Tanlovda ishtirok etish uchun huaweicup.ru saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Huawei kompaniyasi yosh iste'dodlarning barchasiga raqamli bilimlarni egallashlari uchun teng imkoniyatlar taqdim etishga intilmoqda. Huawei Cup mintaqaviy musobaqalari bilan bir qatorda, kompaniya har yili “Seeds for the Future” loyihasini o‘tkazadi va bu loyiha bu yil noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Seeds for the Future” loyihasida bu yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, INHA universiteti, Yoju texnika instituti, Amiti universiteti va Turin politexnika universiteti talabalari ishtirok etishadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:00 / 14.05.2026
Huawei Digital Power “O‘zbekiston Energetika haftaligi – 2026 (UEW)”da yashil innovatsiyalarni ilgari surmoqda
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
09:28 / 11.12.2025