Nurafşon şahri yaqinida noturar joy sotilmoqda (ijtimoiy reklama)
|12:33 / 29.08.202115 0942 min
Bundan bir neça yil avval Kun.uz oqqon kasalligiga çalingan hamyurtimiz operatsiyasi uçun xayriya aksiyasi taşkil qilgan edi. Afsuski, bemor vafot etib, uning 4 nafar farzandi yetim qolgan. Marhumning yaqinlari undan qolgan 60 sotix uçastkani sotib, yetim qolgan bolalarni uyli-joyli qilişni niyat qilgan.
Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani Qorasuv mahallasida marhumga tegişli 60 sotix maydonga ega noturar joy bor. Marhumning oila a'zolari, xususan, singlisi Albina Fazliddinova tahririyatimizga murojaat qilib, uşbu noturar joyni sotişda yordam berişimizni iltimos qildi. Uning aytişiça, bu mulkni sotiş uçun köpçilik foydalanadigan usullardan foydalanib körgan, ammo natijasi bölmagan.
Fazliddinovaning sözlariga köra, marhum akasi Doniyordan tört farzand qolgan. Ular voyaga yetmoqda. Ularning kelajakda öz örnini topişi, uyli-joyli bölişi uçun akasiga tegişli noturar joyni sotişga qaror qilişgan.
“Akam oqqon kasalligiga çalingandi. Davolatiş uçun bormagan joyimiz qolmadi. Afsus, akamni olib qola olmadik. Turmuş örtoği va tört nafar farzandi bor. Ular hozir onamnikida yaşaşmoqda. Bolalar voyaga yetib qolgan. Ularning öz kelajagini qurişi, yaxşi öqib, hayotda öz örnini topişi uçun mablağ zarur. Bizda esa unça mablağ yöq.
Şu sababli akamga tegişli Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani Qorasuv posyolkasida joylaşgan 60 sotixga yaqin noturar joyni sotmoqçimiz. Bu yerda 5 xonadan iborat uy, gaz, “svet” bor. Şuningdek, baliq boqişga möljallangan hovuz va stanoklar ham bor.
Mazkur noturar joy Toşkent viloyati markazi Nurafşon şahriga juda yaqin, Qöyliq bozoridan 15 daqiqalik masofada joylaşgan. Uni sotişda yordam söramoqçiman. Kim sotib olsa, tadbirkorlik qilib, savobga ham qolgan bölar edi”, – deydi marhumning singlisi Albina Fazliddinova.
Şu örinda biz ham tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi vatandoşlarimizga murojaat qilib, mazkur manzildagi köçmas mulkni sotib olib, ham manfaatli xarid ham, bir boquvçisiz oilaga yordam qilişga çorlab qolamiz.
Xaridorlar +998909880328 telefon raqami orqali Albina Fazliddinova bilan boğlanişlari mumkin.