“Barça böğindagi ijro idoralari rahbarlari – xoh u vazir bölsin, xoh qömita raisi, bir yillik iş dasturi va amalga oşiradigan loyihalarini jamoatçilikka oçiq e'lon qilib boradi.
Kelgusi beş yilda davlat idoralarining ştatlarini oşirişga yöl qöyilmaydi. Aksinça, raqamlaştiriş va qator funksiyalarni xususiy sektorga beriş hisobiga ştatlar qisqartirib boriladi.
Qator vazirlik, idora va xöjalik birlaşmalari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati islohotlarimiz talablaridan kelib çiqib, tanqidiy qayta körib çiqiladi.
Zamonaviy davlat xizmatini joriy qilişga ustuvor ahamiyat beriladi. Xususan, elektron davlat xizmatlarining uluşi 100 foizga yetkaziladi. Jumladan, 700 dan ortiq davlat xizmatlarining 100 tasi xususiy sektorga ötkaziladi.
Bundan buyon, davlat xizmatiga kadrlar qoida tariqasida tanlov asosida qabul qilinadi. Davlat xizmatçilari uçun uzluksiz malaka oşiriş, natijadorlikni baholaş va lavozim böyiça kötariliş mezonlari belgilanadi. Iş vaqti, mehnat me'yorlari böyiça talablar ham qayta körib çiqiladi”, dedi prezident.









