Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida qarzdor ota farzandlari voyaga yetgunça bölgan muddatni hisoblab 175 million söm aliment tölagan. Bu haqda MIB viloyat boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Karmana tumanlararo sudining 2020 yil 12 avgustdagi qaroriga asosan qarzdor A.E.dan undiruvçi R.U.ga ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun daromadning uçdan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Kattaqörğon tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan.

Qayd etilişiça, qarzdorning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegişli taşkilotlarga sörovnomalar yuborilgan. Ulardan olingan ma'lumotlarga asosan qarzdor otaning barça mol-mulklariga taqiq qöyilgan. 

Muqim daromadi bölmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş muhimligini inobatga olgan holda MIB xodimlari qarzdor A.E. bilan suhbat ötkazgan. Unga farzandlarini moddiy qöllab-quvvatlaş har bir otaning burçi ekani tuşuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan töğri xulosa çiqargan qarzdor ota şu kuni farzandlarining ta'minotini öylab, ular voyaga yetgunigaça hisoblab, 175 million 75 ming söm aliment pullarini tölab bergan.