Özbekiston xalq artisti, aktyor Şuhrat Ergaşev vafot etdi. Bu haqda kinorejissyor Uluğbek Yöldoşev xabar berdi.
Şuhrat Ergaşev 1945 yilda Toşkentda tuğilgan. 1968 yilda Toşkent teatr va rassomçilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Toşkent davlat akademik rus drama teatrida aktyor sifatida işlagan.
1970 yildan «Özbekfilm» kinostudiyasida iş boşlagan. U kino aktyori sifatida Elyor Eşmuhammedovning «Noziklik» (1966) filmida debyut qilgan.
Faoliyati davomida öttizdan ortiq filmlarda rol öynagan: «Dilorom» (Moni), «Qömondonning qaytişi» (Mauser), «U yolğiz emasdi» (Akbarov), «Qora konsulning ölimi» (Jamol Ubaydulla), «Semurğ» (Şerzod), «Bu yaxşi yigit» (Timur), «Men senga şahar beraman» (haydovçi), «Uçraşuvlar va ajralişlar» (Şuhrat), «Şumbola»(kinoçi), «Ilk yölovçilar» (Akbarov) va şular jumlasidan.
1990-yillarda ŞuhratErgaşev aktyorlik bilan bir qatorda prodyuserlik işlari bilan ham tanildi. Şu davrdan boşlab u Rossiyada suratga olinayotgan köplab seriallar va filmlarda suratga tuşdi. “Boyets”, “Psevdonim “Albanets”, “Znaxar”, “Meç”, “Vysotskiy. Spasibo, çto jivoy” va “Kuba” uning oxirgi filmlaridan.
1989 yilda Şuhrat Ergaşevga Özbekiston Xalq artisti unvoni berilgan.
Turli xabarlarga köra, maşhur aktyor Moskva şahrida dafn etiladi.








