Soğliqni saqlaş vazirligi töy va oilaviy marosimlarni ötkazişning yangi tartibi haqida xabar berdi.
«Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartiriş orqali aholiga madaniy va ma'naviy hordiq çiqariş hamda dam olişlarini mazmunli ötkaziş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalasi atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, tegişli mutasaddi taşkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, töy va oilaviy marosimlarni ötkaziş böyiça ilgari belgilangan çeklovlar yumşatilib, şu yilning 20 sentyabridan töyxonalarda oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni ötkaziş 100 kişidan köp bölmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda ötkazilişiga ruxsat berildi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning 1 aprelidan töyxonalarda oilaviy tantana, töy, ma'raka va marosimlarni ötkaziş 100 kişidan köp bölmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda ötkazilişi belgilangan edi.
Keyinroq, çeklovlar qat'iylaştirilib, 1 avgustdan töy va marosimlarda mehmonlar soni çeklanib, 50 kişidan köp bölmagan holda ötkaziş belgilangandi.
Bundan avvalroq, tomoşa, madaniy-köngiloçar, ommaviy tadbirlar va yiğilişlarni oçiq maydonlar hamda yopiq majmualarda ötkazişga ruxsat berilgani xabar qilingandi.













