Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekiston tomonidan birinchi marotaba barpo etilishi kutilayotgan atom elektr stansiyasi qurilishiga qo‘shni qozog‘istonliklar qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, katta masshtabda va tavakkalchilikka asoslanib qurilayotgan loyihalar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda qilinishi kerak. Bu haqda Atameken Business nashri tayyorlagan lavhada aytiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi atom energetikasiga oid loyiha Qozog‘iston chegarasidan 50 km uzoqlikda qurilishi nazarda tutilgan. Taraz shahri aholisi bunday yirik loyiha mahalliy aholi uchun xavfli bo‘lishidan xavotirda.
«Chernobil fojiasi esingizdami? Qancha odam nogiron bo‘lib qoldi. Ko‘pchiligini shaxsan taniyman. Bu nima uchun kerak, men bunga qarshiman», – deydi aholi vakillaridan biri.
«Men bunday qarorni qo‘llab-quvvatlamayman. Bizning farzand va nabiralarimiz bor, bizga zarardan boshqa nima beradi bu?» – deydi yana bir qozog‘istonlik.
Ma'lum qilinishicha, qo‘shni davlat ekologlari ham, agar AES ikki davlat chegarasiga yaqin joyda joylashsa, undan chiqadigan chiqindilarning xavfli ekanligidan ogohlantirgan.
«Biz AES ishlab chiqaradigan arzon energiya tufayli masalaning faqatgina iqtisodiy tarafini hisobga olmoqdamiz, lekin tabiatga yetkaziladigan zarar haqida o‘ylamayapmiz. Qayerga qurilishidan qat'i nazar radioaktiv chiqindilar bizga suv, havo va qum orqali zarar yetkazadi», – deydi ekolog Anor Jumadilova.
Qozog‘istonlik ekspertlar orasida bunga ijobiy qarayotganlar ham yo‘q emas.
«Yil sayin ilm-fan rivojlanmoqda. Butun dunyo olimlari Yer shari ekotizimini yaxshilashdan manfaatdor. Bu muammo butun dunyoga tegishli. Shuning uchun, AES qurilishini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb gapirish kerak emas. Fikrimcha, olimlar tinch atom loyihasiga o‘tishni sinchiklab o‘rganib chiqqan», – deydi ekspert Sauranbek Jamolbekov.
Maqolada aytilishicha, 2028 yilda O‘zbekistondagi Tuzkon ko‘li yaqinida AES qurilib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. O‘zbekiston hukumati AES qurilishi ortidan 4 milliard kub/metr gaz iqtisod qilinishiga umid qilmoqda.
Qozog‘istonning o‘zida ham AES qurish masalasi bir necha yillardan buyon muhokama qilinadi. 2019 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonda Rossiya texnologiyalari bo‘yicha atom elektr stansiyasi qurishni











