Rossiya dizayni asosida Özbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasi (AES) qiymati taxminan 11 milliard dollarni taşkil qiladi. Birinçi energoblok 2028 yilda işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda. "Interfaks" RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Baholarga köra, loyiha qiymati - 11 milliard dollar atrofida", - dedi Uşakov seşanba kuni jurnalistlarga. Uning aytişiça, birinçi energoblok taxminan 2028 yilga borib işga tuşiriladi. 

Şuningdek, u RF prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktabr kunlari Özbekistonga davlat taşrifi davomida AES loyihasiga doir işlarga start beriş marosimida iştirok etişini ma'lum qildi. 

Ikki mamlakat hukumatlararo kelişuviga muvofiq, Özbekistonda umumiy quvvati 2,4 GVt bölgan ikki energoblokdan iborat AES qurilişi közda tutilmoqda. Loyiha RFning "Rosatom" korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. 

Bundan taşqari, Uşakov Rossiya yetakçisi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar ötkazişini qayd etgan. 

U şuningdek 19 oktabrdagi sammitda "yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik mexanizmini yaratişga doir qaror qabul qilinişi"ni ta'kidlagan. 

Maslahatçining sözlariga köra, Özbekiston RFning yetakçi iqtisodiy hamkorlaridan biri. "Rossiyaning Özbekiston taşqi savdosi umumiy hajmidagi uluşi 18 foizdan oşadi - bu Xitoydan keyin ikkinçi örin degani", - dedi Uşakov. 

Bundan taşqari, u joriy yil yakunlariga köra, ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasini 5 milliard dollarga çiqariş uçun barça imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.