"Rosatom" 2020 yil boşida Özbekistonda atom elektr stansiyasi quriş işlarini boşlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov ma'lum qildi.

"Rosatom" rahbari 3 sentabr kuni Toşkentda Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti “Moskva injyenerlik-fizika instituti”ning xorijdagi birinçi filiali oçilişi marosimida iştirok etdi.

"Asosiy maqsadimiz – kelgusi yil boşida maydonçada işni boşlaş", - dedi Lixaçyov.

Aleksey Lixaçyov
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, joriy yil may oyida "Özatom" agentligi "Rosatom" bilan AES quriliş maydonida injyenerlik işlarini bajariş böyiça şartnoma imzolagandi.

2017 yil dekabrda Rossiya va Özbekiston huqumatlari örtasida atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasida kelişuv imzolangandi.

«Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan Özbekistonda atom elektr stansiyasi qurilişi böyiça kelişuvga erişilgan. AES har birining quvvati 1200 MVt bölgan ikkita energoblokdan iborat böladi. AES qurilişi uçun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon köli yaqinidagi maydon tanlandi.