Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi doirasida Özbekistondagi ilk AES qurilişiga start berildi.
Bugun, 19 oktabr kuni Özbekiston Respublikasida birinçi AES qurilişi loyihasining amalga oşirilişini boşlab berişga bağişlangan tantanali marosim ötkazildi. Tadbir bölğusi atom elektr stansiyasini quriş uçun maydon tanlaşda muhandislik tadqiqotlarining boşlanişini belgilab berdi.
AESning quriliş loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokning qurilişini öz içiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegişli bölib, zamonaviy texnologiyalarning işonçliligini sezilarli darajada oşirgan holda, AEXAning zamonaviy xavfsizlik talablariga töla javob beradi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, tantanali marosim tadqiqot işlari olib borilayotgan maydonlardan biri va Toşkent örtasida örnatilgan tele köprik orqali bölib ötdi.
Teleköprik doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin loyihaning amalga oşirilişiga start berişdi. Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Alişer Sultonov va «Rosatom» Davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov loyihani amalga oşirişni boşlaş uçun barça şart-şaroit yaratilgani borasida hududdagi maydondan hisobot berişdi.

Marosimdagi nutqlardan söng ikki davlat rahbarlari ramziy tugmani bosiş orqali, seysmologiya, geologiya, ekologiya va iqtisodiy jihatdan muvofiqligi örganilgandan söng tanlab olingan ustuvor yer maydonlardan biridagi tuproq namunalarini oliş uçun burğilaş işlariga start berdi.

Maydonda ötkazilgan marosimda mansabdor şaxslar, «Özatom» Özbekiston atom energetikasini rivojlantiriş agentligi va «Rosatom» Rossiya davlat korporatsiyasi rahbarlari va mutaxassislari, muhandislar, loyiha tuzuvçi mutaxassislar, viloyat ma'muriyati vakillari, jamoat taşkilotlari vakillari, mahalliy aholi va jurnalistlar iştirok etdi.
«Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning atom energetikasi sohasini yaratiş va rivojlantiriş taşabbusi mamlakat energetika sohasidagi yangi pallani belgilab beradi hamda iqtisodiyotning barqaror rivojlanişi va aholi farovonligiga turtki böladi», deb ta'kidladi Alişer Sultonov öz nutqida.



















