Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda AES Jizzax viloyatida quriladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston hududida Atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv va mazkur hamkorlik doirasidagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida, 2018 yilning avgustidan shu yilning mart oyiga qadar AES qurilishi uchun ajratilgan taxminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi.
“O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3 ta maydonda olib borildi.
Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida AES qurilishini amalga oshirish loyihasini nazorat qiluvchi Respublika ishchi guruhining qo‘shma majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish Agentligining ilmiy – texnik va ekspertlik kengashi Qarori, shuningdek, mutaxassislar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib, AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi.
Hozirgi kunda tanlangan maydonni tasdiqlash hamda litsenziyalash borasida muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish va loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 17 may kuni «Atomstroyeksport» (“Rosatom” Davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limiga tegishli AJ) bilan texnik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolandi, mazkur jarayonning Dasturini ishlab chiqish hamda xodimlar va texnika mobilizatsiyasi (taqsimoti) bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
12:29 / 06.06.2026
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
16:12 / 05.06.2026