Prezidentning “Köp kvartirali uy-joylarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga köra, mazkur muddatga köp kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi. 

Bunda:

  • quruvçi tomonidan mazkur vazifani amalga oşiriş uçun şartnomaga asosan boşqaruvçi taşkilot jalb qilinişi mumkin;
  • birinçi ikki yil içida köp kvartirali uy-joydagi quruvçidan taşqari mulkdorlarning soni ellik foizdan oşgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yiğilişning qaroriga muvofiq köp kvartirali uy-joyni boşqariş usuli tanlanadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 may kungi videoselektorda Özbekiston böylab yangi qurilgan 3 mingta köp kvartirali uy-joylarga xizmat körsatiş yölga qöyilmagani haqida aytib ötgandi.

Toşkent viloyatida – 623 ta, Buxoroda – 621 ta, Xorazmda – 249 ta, Surxondaryoda – 195 ta va Namanganda – 170 ta yangi köp qavatli uylarga boşqaruvçilar biriktirilmagan.

«Şuning uçun bir oy muddatda quruvçi taşkilot yangi qurilgan köp qavatli uylarni, boşqaruv kompaniyasi taşkil qilgan holda, ikki yil davomida saqlaşni öz zimmasiga olişini nazarda tutuvçi tizim yaratilsin. 20 foiz pulini tölamaslik kerak, toki 2 yil işlab bersin. Şuni qonuniy jihatdan qiliş lozim», – degandi Şavkat Mirziyoyev.