Giperkarlar yönalişida uşbu nomga da'vogarlik qilgan boşqa 3 ta model nomi keltirilmagan. Biroq tanlov qodalariga köra, ğoliblikka nomzod giperkarlar “sport dizayniga va yuqori körsatkiçlarga ega bölgan” hamda narxi 60 ming yevrodan yuqori turuvçi seriyali işlab çiqariluvçi avtomobillar bölişi kerak.
Ta'kidlanişiça, Bolide modeli Bugatti tomonidan işlab çiqilgan avtomobillardan eng antiqasi hisoblanadi. U X-simon çiroqlar, antiqanotlar va katta ölçamli orqa diffuzorga hamda avtomatik öt öçiriş tizimiga ega.
Uşbu model 2020 yil oxirida konsept sifatida namoyiş qilingan. Joriy yilda esa fransuz kompaniyasi uşbu avtomobildan 40 dona işlab çiqarişini, biroq ular umumiy foydlaniş köçalariga qöyilmasligini e'lon qilgan.

Maşina 1450 kg oğirlikka ega bölib, uning dvigateli 1600 ot kuçini beradi.
Maşinaning ilk nusxalarini 2024 yildan öz egalariga yetkazib beriş rejalaştirilgan. Uning narxi 4,7 mln dollarni taşkil qilişi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga köra, giperkarga joyidan qözğalib, 100 km/soat tezlikka erişişi uçun 2 soniyadan kamroq, 200 km/soat tezlikka 4,36 soniya, 300 km/soat tezlikka erişişi uçun esa 7,37 soniya vaqt talab etiladi. Şu bilan birga, kompaniya maşinaning hattoki 500 km/soatgaça tezlaşişi mumkinligi haqida gapirib ötgan. Buning uçun maşinaga 20,16 soniya vaqt kerak böladi.


Bundan taşqari, festivalda Audi Q4 E-Tron Sportback eng çiroyli şou-kar, DS Aero Sport Lounge eng çiroyli konsept deb topilgan. Mercedes-Benz Vision AVTR futuristik avtomobillar toifasida, Maserati MC20 esa superkarlar toifasida eng çiroyli deb e'tirof etilgan.












