Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda firibgarlik jinoyatini sodir etib, qochib yurgan ayol ushlandi
Foto: OrissaPost
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilib qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil sentyabr oyida, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan ayol Sherobod tumanida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Boysun tumanida yashovchi K.I.ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan va unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llangan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 24 sentyabr kuni Sherobod tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan ayolning tuman hududida yashirinib yurgani aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026
“Pensiyangiz keyingi oydan oshiriladi” – bu yolg‘on!
23:14 / 13.02.2026