AQŞ mudofaa vazirining maxsus amaliyotlar va past darajadagi nizolar böyiça yordamçisi Kristofer Mayyer Özbekistonda çegara xavfsizligi masalalari böyiça muzokaralar ötkazdi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçisi Deniyel Rozenblyum ma'lum qildi.

«Mudofaa vaziri yordamçisi Kristofer Mayyer boşçiligidagi idoralararo delegatsiyaning taşrifi davomida sönggi bir neça kun içida Özbekiston hukumati bilan ikki tomonlama hamkorlik böyiça samarali muzokaralarda qatnaşganimdan va çegara xavfsizligi masalalarini muhokama qilganimdan juda mamnunman», deb yozdi diplomat Twitter’da.

Avvalroq, Politico naşri Vaşington va Toşkent örtasida yaqinroq aloqalar örnatiş borasidagi işlar ança çuqurlaşgani va AQŞ parlamentida Özbekistonning döstlari ortib borayotgani haqida xabar bergandi.
 
Naşr oktabr oyi davomida Pentagon rasmiylarining Özbekistonga taşrifi kutilayotgani va xavfsizlik sohasida özaro hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilinişini bildirgandi. Taşrif davomidagi asosiy masala AQŞning terrorizmga qarşi kuraş kuçlarini «ufqda» joylaştiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş bölişi aytilgan.

Öz navbatida, taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonda AQŞ harbiy bazalarini joylaştiriş muhokama qilinmayotganini ma'lum qilgan.

«Özbekistonda AQŞning terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça qurolli kuçlarini joylaştiriş imkoniyati kun tartibida yöq va muhokama qilinmayapti», degan vazir jurnalistlar savoliga javoban Minskda bölib ötgan MDH davlatlari taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişida.

Özbekiston Mudofaa vazirligining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, AQŞning aksilterror bölinmalarini Özbekistonga joylaştiriş böyiça heç qanday taklif kelib tuşmagan va bu masala ayni paytda körib çiqilmayapti.

AQŞ harbiy kuçlari Afğonistondagi harbiy operatsiyalarni amalga oşirişda 2001–2014 yillarda Qirğizistonning «Manas» aeroportidan hamda 2001–2005 yillar mobaynida Özbekistonning «Qarşi-Xonobod» harbiy bazasidan foydalangan.