Markaziy bank ma'lumotlariga köra, 1 oktabr holatida Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 34,41 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç 1 sentabr holatiga köra 35,43 mlrd dollar bölgan. Raqamlar ötgan oyda Özbekistonning rasmiy zaxiralari 1,02 mlrd dollarga kamayganini körsatmoqda.
Bunga quyidagi omillar ta'sir ötkazgan bölişi mumkin:
Birinçidan, zaxiralarning keskin kamayişiga jahon bozorida oltin narxi pasaygani sabab bölganini taxmin qiliş mumkin. Çunki ötgan bir oy davomida oltin hajmi 12,1 million troya unsiyadan 12,3 million troya unsiyaga (taxminan 6,22 tonna) köpaygan bölsa-da, uning qiymati 21,87 milliard dollardan 21,34 milliard dollarga pasaygan. Ma'lumot uçun, 1 sentabr holatiga köra, 1 unsiya oltin narxi 1814 dollarni taşkil etgan bölsa, 1 oktabr kuni bu körsatkiç 1753 dollargaça arzonlaşgan.
Ikkinçidan, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari qariyb 480 mln dollarga kamaygan. Buning aniq sabablari esa keltirib ötilmagan.
2021 yildagi umumiy holatni tahlil qiladigan bölsak, yil boşidan beri Özbekistonning rasmiy zaxiralari 490 mln dollarga kamaygan (1 yanvar holatida 34,9 mln dollarni taşkil etgan bölsa, 1 oktabr holatida 34,41 mln dollar). Bunda xorijiy valuta zaxiralari 2 mlrd 353 mln dollarga pasaygan bölsa, quyma şakldagi monetar oltin qiymati 1 mlrd 128 mln dollarga (oltin miqdori 49,76 tonna) oşgan. Özbekiston yil boşidan beri deyarli oltin eksport qilmadi. Zaxiralardagi oltin hajmi faqatgina aprel oyida 0,3 mln troya unsiyaga kamaygan.
Oltin-valuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valuta jamğarmasi standartlari asosida yuritiladi. Özbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma şakldagi monetar oltindan iborat.








