Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda eshak jasadlari tashlangan hududga e'tiborsizlik qilgan obodonlashtirish mutasaddisiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida chiqindixonaga eshak jasadlari tashlab ketilgani, atrofga ulardan qo‘lansa hid tarqalayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi chiqindixonaga eshak jasadlari tashlab ketilgani holati viloyat Ekologiya boshqarmasi “Toza hudud” DUK xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganilgan. O‘rganish davomida chiqindilar to‘planib qolgan hudud “Toza hudud” DUKga tegishli joy emasligi, hozirda ushbu hudud tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hududdagi eshak itlar jasadini ko‘mish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilishga e'tiborsizlik qilgan Koson tumani hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi Yovvoyi hayvonlarni tutish bo‘limining mas'ul xodimiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, ushbu hududdagi qattiq maishiy chiqinlarni “Toza hudud” DUK Koson tuman filialiga, yovvoyi hayvonlar jasadlari va qoldiqlarini tuman obodonlashtirish boshqarmasiga olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Bundan tashqari, chiqindilarni maxsus chiqindixonaga tashlamay yo‘l yoqasiga uloqtirib ketgan fuqarolarga chora ko‘rish uchun reyd tadbirlari o‘tkazish va ularga jarima qo‘llash belgilangan.
Mavzuga oid
13:11 / 07.03.2026
Qashqadaryoda ko‘chada turgan Damas portlab ketdi
20:52 / 29.09.2025
Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metr hajmdagi yerosti gaz saqlash ombori quriladi
15:07 / 26.06.2025
Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi
21:14 / 24.03.2025