“Davlat organining yoki uning mansabdor şaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning örnini qoplaş töğrisida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 6 oy ötgaç, 2027 yil 28 yanvardan kuçga kiradi.

Qonunga köra, davlat organining yoki uning mansabdor şaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy va (yoki) yuridik şaxslarga moddiy va (yoki) ma’naviy zarar yetgan taqdirda, masala sudda körib çiqiladi.

Zararning örnini qoplaş uçun undiriladigan mablağlar miqdori sud qarori asosida aniqlanadi.

Zararni kim tölaydi?

Qonunga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarning örnini qoplaş böyiça hududiy maqsadli jamğarmalar faoliyat yuritadi.

Sudning qonuniy kuçga kirgan qarori bilan aniqlangan zararning örni hududiy kompensatsiya jamğarmasidan pul şaklida qoplanadi.

Agar zarar yetkazilgani uçun aniq bir şaxs sudning qonuniy kuçga kirgan qarori bilan aybdor deb topilgan bölsa, moddiy va (yoki) ma’naviy zararning örni uşbu şaxs tomonidan qoplanişi lozim.

Regress huquqi

Zararning örni sud qarori asosida hududiy kompensatsiya jamğarmalari hisobidan qoplab berilganda va keyinçalik zarar yetkazgan aybdor şaxsga nisbatan qonunga muvofiq regress huquqi yuzaga kelgan taqdirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari aybdor şaxs faoliyat yuritayotgan yoki muqaddam işlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.

Talabnomani olgan davlat organi uç iş kuni içida mablağlarni özining byudjyetdan taşqari jamğarmasi hisobidan tegişli kompensatsiya jamğarmasiga töliq miqdorda ötkazib beradi va uşbu mablağlarni aybdor şaxsdan regress tartibida undiriş çoralarini köradi.

Davlat organining byudjyetdan taşqari mablağlari yetarli bölmasa, öz xarajatlar smetasiga tegişli özgartirişlar kiritadi hamda mablağlari belgilangan muddatda ötkazib beradi.