Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tanişining maşinasini olib qoçgan şaxsga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Dehqonobod tumani «Buston» MFYda yaşovçi X.K. 102 orqali IIBga murojaat qilgan. Murojaatga köra, 2021 yil 18 oktyabr tunda tumanning «Özbekiston» MFYda yaşovçi J.D. X.K.ning uyiga mehmonga kelib, yotib qolgan. Söng, tunda hamma uxlab yotganidan foydalanib, Nexia maşinasini va bir dona bahosi 500 ming söm bölgan telefon apparatini yaşirin ravişda olib qoçib ketgan.
Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Nexia maşinasi şu kuni soat 11:30 larda Dehqonobod tumani «Ayridevol» MFYdan texnik soz holda topilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryoda öğirlangan «Damas» «söyilgan» holda topildi. Uni olib qoçgan şaxs uşlandi











