Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati IIBB YHXBga yangi guvohnoma olish uchun kelgan mashina Qirg‘izistonda uzoq yillardan buyon qidiruvdaligi aniqlandi
Toshkent viloyati IIBB YHXBga yangi guvohnoma olish uchun kelgan mashina Qirg‘izistonda uzoq yillardan buyon qidiruvda ekani ma'lum bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 oktabr kuni Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. o‘ziga tegishli, 1987 yilda ishlab chiqarilgan “VAZ-2106” rusumli mashinaning eski namunadagi qayd etish guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun ariza bilan murojaat qilgan.
“VAZ-2106”ning ma'lumotlari va agregat raqamlari tekshirilganda ushbu mashina Qirg‘iziston Respublikasidan olib qochilgani va 1998 yil 20 fevraldan buyon qidiruvda ekani aniqlangan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBBda ro‘yxatga olinayotgan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan, ro‘yxatdan chiqarilayotgan transport vositalari IIV “Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi” bazasidan tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Ushbu tizimdan tekshiruvdan o‘tkazish 2015 yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u avtomatik tarzda ishlaydi.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026