Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida «Muzrabot» dehqon bozorining yonida turgan «Damas» öğirlab ketilgan. Tezkor-qidiruv natijasida maşina Angor tumani hududida «söyilgan» holda topilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 11 aprel kuni 37 yoşli Toşpölat M., Muzrabot tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida 11 aprel kuni soat 07:30da öziga tegişli «Damas»ni «Muzrabot» dehqon bozorining yonida qulflangan holatda qoldirib, soat 11:30da qaytib çiqqanida maşinasi joyida yöqligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida «Damas» 12 aprel kuni tungi soat 1:30da Angor tumani hududida şikastlangan va ehtiyot qismlari yeçib olingan holatda topilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Muzrabot tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qidiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni sodir qilgan 22 yoşli Safarmurod E. uşlangan. Aniqlanişiça, u «Damas»ning eşigini 50 santimetrli sim yordamida oçgan. Söng maşina simlarini tutaştiriş orqali harakatga keltirgan va minib ketgan. U öziga tegişli maşinaning ehtiyot qismlarini yangilaş maqsadida «Damas»ni olib qoçganini va ehtiyot qismlarini yeçib olganini aytgan.

Ta'kidlanişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.