Aytişlariça, bugungi kunda köçmas mulk bozori turli xil yangi qurilgan binolar bilan tuyingan va haşamatli köçmas mulk iste'molçilarini hayron qoldiriş juda qiyin. Ammo NRG quruvçilari buning yölini topişdi va NRĞning eng oldi loyihasi bölmiş U-TOWER'ning bir qismini namuna sifatida yaratdilar.

Işonç bilan aytiş mumkinki, bu yuqori darajadagi köçmas mulk iste'molçilarini befarq qoldirmaydi, albatta. Gap yaqinda barpo etilgan şourum haqida ketmoqda. U nafaqat NRG U-TOWER turar joy majmuasidagi xonadonning maydoni va planirovkasining xuddi özginasidir, balki NRG kompaniyasi tarixida birinçi marta fasadning barça dekorativ elementlari bilan töla tökis qavat sifatida qurilgan. Agar ilgari mijozlarga qurilayotgan binoning taşqi körinişini va fasad materiallarini kompyuter ekranlarida namoyiş etilgan bölsa, endi esa NRG jamoasi özining bor salohiyatini işga solib, NRG U-TOWER şourumiga nafaqat taşrif buyuriş, balki binoning fasadiga işlatiladigan materiallar fakturasini his qiliş va taşqaridan qanday körinişiga baho beriş imkoniyatini yaratdi.

Turar joy majmuida yaşovçilarning maksimal darajadagi qölayligini ta'minlaşda binoning fasad qismida yuqori sifatli materiallar işlatiladi, ular yuqori havo haroratiga çidamli bölib, yozning jazirama issiğidan, qahraton qişning sovuğidan işonçli himoya qilib, namgarçilikka ham bardoşli hisoblanadi. Yevropada işlab çiqarilgan alyuminiy profilli fasad elementlari şovqinga qarşi yaxşi himoyani ta'minlaydi.

Foto: NRG Uzbekistan

Majmua qurilişi energiya samaradorligi, maksimal darajadagi qulaylik, kam harajatli va şu bilan birga ekologik xavfsizlikni ta'minlaydigan xalqaro ilğor standartlarga muvofiq olib borilmoqda. Loyiha BREEAM sertifikatini oliş bosqiçida. Butun dunyoda tanilgan BREEAM sertifikati – bu köçmas mulkning a'lo sifat belgisi hisoblanib, mazkur köçmas mulk barqaror rivojlanişning yuqori talablariga muvofiq ekanini anglatadi. Uşbu sertifikat atrof muhitga binoning ta'siri, suv va energiyaning harajati, işlatilgan materiallar, interer sifati va binoning foydalanuvçilariga qulay faoliyat olib borişda naqadar şinamligi haqida baho beradi.

Şuningdek, NRG U-TOWER şourumida bölajak xollning intereri, şift balandligi va yoritiş elementlarini qanday körinişga ekanligini köriş imkoniyati bor. NRG U-TOWER'dagi xonadonlar xudddi şunaqa yuqori sifatli panoramali derazalar va kalit talab qilmaydigan, aqlli uy tizimiga ulangan kiriş eşiklari bilan öz egalariga topşiriladi.

*- Aqlli uy tizimini qöşimça tölov orqali buyurtma beriş mumkin.