NRG özining Toşkentdan taşqarida birinçi loyihasini amalga oşirişi töğrisida xabar qildi. Gap Andijondagi zamonaviy turar joy majmuasi haqida bormoqda.
Agarda biz turar joy ijtimoiy quriliş evolyutsiyasini örganib çiqsak, sayyoramizda turli davrlarda sodir bölgan ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy özgarişlarning qiziqarli tarixiy dinamikasini körişimiz mumkin.

Örta asrlarda turar joy quriliş işlari köpinça markazlaşmagan edi. Odamlar öz uylarini bor bölgan materiallardan qurgan – yoğoç, toş va loydan. Şaharlar esa tabiiy ravişda qasr, ibodatxona va bozorlar tevarak-atrofida rivojlanib, ösib kelardi. Binolar katta va baland bölmay oddiy me’morçilik qoidalari asosida barpo etilardi.
Renessans (Uyğoniş) va barokko davrida aristokratiyaning boyligi va qudratini ifodalaydigan haşamatli saroy va qasrlarning qurilişi boşlandi. Arxitektura marmar toşi, şişa va boşqa qimmatbaho materiallardan foydalangan holda yanada takomillaşdi. Ammo köpçilik odamlar oddiy körinişdagi uylarda yaşaşda davom etardi.
18-19-asrlarda sanoat inqilobi şaharlarda istiqomat qilayotgan aholi sonining keskin ösişiga olib keldi. Şu tufayli köplab turar joy, uy va hududlar barpo etila boşlandi. Asosan ular muvaqqat yoğoç uylar edi. Bu esa zamonaviy şahar tumanlarini yaratiş yölidagi birinçi qadam edi.
20-asrda uy-joy qurilişi barça qit’alarda qator muhim özgariş jarayonlaridan ötdi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin köplab Yevropa va Osiyo mamlakatlari turar joy fondining vayron bölgani sababli uni tiklaş va ommaviy quriliş böyiça dasturlarni amalga oşira boşladi. Bunday dasturlar Sobiq Ittifoq, Germaniya, Polşa, Yaponiya va boşqa davlatlarda işlab çiqilgan. XX asrning örtalarida köplab turar joylar barpo etilib, “yangi şahar” konsepsiyasi yuzaga keldi. Mazkur konsepsiya şaharlarda yaşovçilarga qator qulayliklarni taklif qilgan, ya’ni bir joydagi katta turar joy majmualari, maktab va dökonlar ham bir-biriga yaqin joylaşgan edi.

Bugun uy tuşunçasi bir xonadonning tört devorlari bilan çegaralanib qolmaydi. Şaharda istiqomat qiluvçilarning turmuş tarzidagi qulaylik darajasi kundan kunga özgarib, yaxşilanmoqda. Zamonaviy turar joy majmuasi nafaqat xonadonlarda yaratilgan qulayliklarni, şu bilan birga obodonlaştirilgan jamoat hududlari, bolalar uçun maydonçalar, uyğun manzara va boşqa köplab narsalarni öz içiga oladi. Andijon hududiy markazining aholisi ham poytaxt aholisi bilan teng va bir xil hayot sifatiga ega bölişga haqlidir. NRG kompaniyasi hududlardagi mijozlariga xuddi Toşkentdagi kabi şaroitlarda yaşaş imkoniyatini ta’minlab berişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.










